«egizbuloq mahallasi» tegli maqolalar


Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda
27 aprel 2022, 00:57

Jizzaxdagi sel qabristonning yarmini oqizib ketdi, yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda

Jizzax viloyati Egizbuloq mahallasiga kelgan sel 70 dan ortiq qabrni oqizib ketgan. SES xodimlari aholi orasida turli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun suv va tuproq namunalarini olishdi hamda aholiga dori va antiseptik vositalari tarqatdi.

Dambami yoki kuchli yog‘ingarchilik: Jizzaxning Egizbuloq qishlog‘idagi talofatli selga nima sabab bo‘ldi?
26 aprel 2022, 16:41

Dambami yoki kuchli yog‘ingarchilik: Jizzaxning Egizbuloq qishlog‘idagi talofatli selga nima sabab bo‘ldi?

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Ibragimov Egizbuloqdagi selga avvaliga do‘l, uning ortidan kuchli yomg‘ir yog‘gani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Mahalliy aholi esa tog‘da «Huaxin» sement zavodi karer uchun yo‘l qurgan va soy yo‘lida damba hosil qilgan degan fikrda. «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan surishtiruv olib bordi.

Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto
24 aprel 2022, 10:57

Suv ostida qolgan «O‘tkan kunlar». Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari — foto

Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan suv toshqini birinchi bo‘lib qabristonga urilgan va 70 dan ortiq qabrlarni oqizib ketgan. «Gazeta.uz» muxbiri Egizbuloq mahallasidagi sel oqibatlari aks etgan yana bir fotoreportajni tayyorladi. Unda suv kelishi oqibatida oqizib ketilgan qabrlar, aholining buzilgan uylari tasvirlangan.

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar
23 aprel 2022, 12:06

«Eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikda suv turibdi». Forishdagi seldan jabr ko‘rganlar

Jizzaxdagi seldan talofat ko‘rgan uylardan birining egasi Isroil Aliyev «Gazeta.uz»ga sel qanday kelgani haqida so‘zlab berdi. «Uydan eshikni ochib qarasam, oldimda 2 metr balandlikdagi suv turganini ko‘rdim. Suv pasayguncha shunday jon saqlab turdik», — dedi u. Favqulodda vaziyatlar vaziri xotini va bolasini qutqarib qolgan Isroilni «qahramon» deb atadi. Isroil Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, hokimiyat vakillari uysiz qolgan aholiga 3 xonali uy qurib berishini aytgan.

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari
21 aprel 2022, 22:53

Foto: Jizzaxda sodir bo‘lgan sel oqibatlari

20 aprel kuni Jizzaxda sel va suv toshqinlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan Egizbuloq mahallasida 5 kishi, shu jumladan ikki nafar yosh bola halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 53 ta xonadon to‘liq talofat ko‘rdi. 25 ta uyda yashovchi 100 dan ortiq fuqaro vaqtincha boshqa joyga ko‘chirildi. Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev voqea joyida bo‘lib turibdi. Tafsilotlar «Gazeta.uz» fotoreportajida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting